JCh–2026: Janubiy Koreya Chexiyaga qarshi o‘yinda kambek amalga oshirdi

  • 12.06.2026 09:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionati–2026 guruh bosqichi birinchi turidan o‘rin olgan Janubiy Koreya va Chexiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi

Uchrashuvda hisobni evropaliklar ochishdi. Chexiyalik Ladislav Kreych 59-daqiqada jamoasini oldinga olib chiqdi.

Shundan so‘ng Janubiy Koreya terma jamoasi o‘yinni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Avval Xvan In Byom 67-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 80-daqiqada O Hyon Kyu gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Shu tariqa, osiyoliklar uchrashuv davomida kambek amalga oshirib, g‘alabaga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati–2026 ochilish bahsida Meksika terma jamoasi Janubiy Afrikani 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!