JCh saralashi. Saudiya Arabistoni qiyinchilik bilan Indoneziyani mag‘lubiyatga uchratib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi
Jahon chempionati 4-bosqichning saralashidan o‘rin olgan Indoneziya - Saudiya Arabistoni jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv o‘z nihoyasiga etdi.
Erve Renar boshqaruvidagi Saudiya Arabistoni safarda Indoneziya bilan kuch sinashib, 3:2 hisobida taslim etdi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida Indoneziya futbolchisi Kevin Diks penalmtidan hisobni ochdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib esa Vaxeb Salex oradagi farqni yo‘qqa chiqazdi. Undan so‘ng Firas al-Buraykan 36 hamda 62-daqiqalarda gollar urib, dublni rasmiylashtirdi va oradagi farqni 2 tagacha oshirib qo‘ydi. 88-daqiqada Kevin Diks yana bir bor 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalandi va hisobni qisqartirdi. Umumiy hisob esa 3:2.
Shuningdek, 90+3-daqiqada saudiyaliklar yarim himoyachisi Moxamed Kanno ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi.
- World - JCH Saralash Osiyo bosqichi
- Round 4
Indoneziya
- Kevin Diks 11'
- Kevin Diks 88'
08.10.2025 22:15
Saudiya Arabistoni
- Saleh Abu Al-Shamat 17'
- Firas Al-Buraikan 36'
- Firas Al-Buraikan 62'



Fikrlar