Jeko "Inter"ga o‘tmaydigan bo‘ldi

  • 10 iyul, 2019, 09:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" klubi forvardi Edin Jekoning "Inter"ga kutilayotgan transferi barbod bo‘ldi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra jamoalar o‘zaro 33 yoshli bosniyalik futbolchining transfer narxi bo‘yicha kelishuvga erisha olishmagan. Aniqrog‘i, “neradzurrilar” Jekoni 10 mln evroga baholashgan, biroq “Roma” uni 20 mln evrodan kamiga sotilmasligini ma’lum qilishgan.

Ma’lumot uchun, Jeko “Roma” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum jami 40ta o‘yinda ishtirok etdi va 14ta gol hamda 11ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!