Jerrard bosh murabbiylik lavozimini rad etdi
Bir necha kun oldin “LA Gelaksi” klubini tark etgan Stiven Jerrard Angliyaning uchinchi divizioni a’zosi “MK Dons” jamoasini boshqarishdan bosh tortdi.
Avvalroq OAV 36 yoshli futbolchining kelajagini “Seltik”, “Inter”, “Liverpul” bilan bog‘lagan edi. Biroq Jerrard ma’lum vaqt oilasi bilan birga bo‘lib, takliflarni keyinroq ko‘rib chiqishga qaror qilgan.

Fikrlar