Jerrard: “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinni intiqlik bilan kutyapmiz

  • 5 yanvar, 2020, 22:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Reynjers” rasmiy sayti 11 yanvar kuni Toshkentning “Lokomotiv”iga qarshi sinov-nazorat o‘yini o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Ushbu o‘yin Dubaydagi “Sevens” stadionida bo‘lib o‘tadi.

“Reynjers” bosh murabbiyi Stiven Jerrard: “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinni intiqlik bilan kutyapmiz. Dubaydagi iliq havoda o‘yin yuqori sifatda o‘tishi shubhasiz.

Biz mavsumning ikkinchi davrasiga tayyorgarlik yaxshi bo‘lishini istaymiz va bo‘lajak o‘rtoqlik o‘yinlari biz uchun muhim ahamiyat kasb etishini aytib o‘taman.”

“Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov ham o‘z fikrlarini bildirdi: “Reynjers” kabi buyuk tarix va katta shon-shuhratga ega bo‘lgan jamoaga qarshi o‘ynash biz va o‘zbek futboli ahli uchun ham anchagina hayajonli.

Dubaydagi mavsumoldi yig‘inlar yakunlanganidan keyin asosiy tarkib uchun kurash kuchayadi. Shu boisdan, jamoa “Reynjers”ga qarshi bahsda bor kuchini berib o‘ynashga harakat qiladi.”

“Sevens” stadioni futbolning ayni damdagi barcha talablariga javob beradigan sharoitlarga ega, o‘z bag‘riga 50 mingdan ziyod muxlislarni sig‘dira oladi. Bunga qadar ushbu stadionda “Real” hamda “Milan” jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishgan, shuningdek, Jastin Biber ham kontsert bergan.

“Reynjers” jamoasi esa Dubayda 6-12 yanvar kunlari o‘z yig‘inini o‘tkazib qaytadi.

Manba: "Lokomotiv" rasmiy sayti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!