
Joshua va Usik jangi kutilmagan natija bilan yakunlandi
Londondagi "Tottenham Hotspur Stadium" o‘yingohida boks oqshomi o‘tkazildi.
Markaziy jangda og‘ir vazndagi WBA, WBO, IBF va IBO kamari sohibi Entoni Joshua Aleksandir Usikka qarshi ringga ko‘tarildi.
To‘liq 12 raund davom etgan jangda Usik hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi va og‘ir vazndagi yangi chempionga aylandi. Hisob qo‘yidagicha ko‘rinish oldi: 117-112, 116-112, 115-113.
Fikrlar