Jurnalist Ronalduning rejasini oshkor ochib qo‘ydi

  • 5 dekabr, 2022, 08:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronalduning faoliyatiga ta’sir qilgan intervyuni olgan jurnalist Pirs Morgan portugaliyalik yulduzning rejalarini oshkor qildi.

Ma’lumki, Pirs Morgan e’lon qilgan intervyudan keyin “Manchester Yunayted” portugaliyalik hujumchi bilan shartnomani bekor qildi.

- Krishtianu Ronaldu jahon chempionatida o‘zini ko‘rsata olsa, ko‘zlagan maqsadiga etadi, ya’ni Chempionlar ligasida qatnashayotgan klublardan biri bilan shartnoma imzolaydi.

Ronaldu faoliyatining hozirgi bosqichida ham eng yuqori darajada to‘p tepib, rekordlar o‘rnatib, sovrinlarni qo‘lga kiritmoqchi, - dedi Pirs Morgan.

Krishtianu Ronaldu jahon chempionati ishtirokchilari orasida jamoasi bo‘lmagan yagona futbolchi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!