
Kante, Grizmann, Mbappe... Frantsiya terma jamoasidan chaqiruv olgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing!
Evro-2020 saralash bosqichidan o‘rin olgan Moldoviya (14 noyabr) va Albaniya (17 noyabr) terma jamoalariga qarshi o‘yinlar uchun Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham chaqirgan futbolchilari nomi ma’lum bo‘ldi.
Darvozabonlar: Alfons Areolya ("Real"), Stiv Mandanda ("Marsel"), Mayk Menyan ("Lill").
Himoyachilar: Lyuka Din ("Everton"), Leo Dyubua ("Lion"), Presnel Kimpembe (PSJ), Kleman Langle ("Barselona"), Benjamen Mendi ("Manchester Siti"), Benjamen Pavar ("Bavariya"), Rafael Varan ("Real"), Kurt Zuma ("Everton").
Yarim himoyachilar: Ngolo Kante ("Chelsi"), Blez Matyuidi ("Yuventus"), Mussa Sissoko ("Tottenxem"), Tangi Ndombele ("Tottenxem"), Koranten Tolisso ("Bavariya").
Hujumchilar: Vissam Ben-Yedder ("Monako"), Antuan Grizmann ("Barselona"), Nabil Fekir ("Betis"), Kingsli Koman ("Bavariya"), Olive Jiru ("Chelsi"), Kilian Mbappe (PSJ), Toma Lemar ("Atletiko").
Ma’lumot uchun, Frantsiya terma jamoasi Evro-2020 saralash bosqichida H guruhida 8 ta bahs o‘tkazib, 19 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar