
Karius Chempionlar ligasi finaliga borishni istamayapti
Mavsumni "Beshiktosh" safida ijara asosida o‘tkazgan "Liverpul" darvozaboni Loris Karius “Tottenxem”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finaliga borish taklifini rad etdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganada mersisaydliklar ijarada to‘p surayotgan futbolchisini ham o‘zlari bilan birga Madridga olib ketishni taklif qilishgan. Biroq, germaniyalik posbon bu o‘yinga borishni rad etmoqda. Uning fikricha agar u finalga borsa, butun dunyo ishqibozlari diqqati maydonga emas, unga qaratilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Karius roppa-rosa bir yil muqaddam “Real” Madridga (3:1) qarshi bo‘lib o‘tgan EChL finalida ikkita juda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan va natijada uning jamoasi mag‘lub bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, “Tottenxem” va “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvi 1 iyun kuni Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar