
Karius hali beri "Liverpul"ga qaytmasligi mumkin
Turkiyaning "Beshiktosh" klubi germaniyalik darvozabon Loris Kariusni tarkibda saqlab qolmoqchi.
Fanatik nashri tarqatgan xabarga ko‘ra istanbulliklar "Liverpul" bilan gaplashib 26 yoshli posbonning transferini uzaytirishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, Kariusning ijara muddati joriy mavsum yakuniga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, “Beshiktosh”da Kariusni 8 mln evroga to‘liq sotib olish huquqi mavjud. Biroq, ular hali ushbu transferni amalga oshirish bo‘yicha yakuniy qarorga kelishganicha yo‘q.
Loris Karius bu mavsum “Beshiktosh” safida jami 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va shulardan 6 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar