
Katta futbolchilar PSJdan ketishi kerak!
Bir paytlar "Liverpul" va "Real"da o‘ynagan angliyalik sobiq futbolchi Stiv Makmanaman Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida kurashni to‘xtatgan PSJning kelajagiga ishonmayapti. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoada ayrim futbolchilarning yoshi o‘tib qolgan va ularni yoshartirish kerak.
“PSJ kelasi mavsum ham yaxshilanmaydi. Messi bir yoshga katta bo‘ladi, Serxio Ramos ham. Neymarning jarohatlardan boshi chiqmayapti. Markinos ham kasalxonada. Nimadir o‘zgarishi kerak, katta o‘yinchilar ketishi kerak, murabbiy ham”, - dedi Stiv Makmanaman BT Sport nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Messining Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi shu yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar