
Kavaniga Braziliyaning 3 ta klubidan taklif bor
PSJ klubi forvardi Edinson Kavanining agenti Uolter Gulelmone mijoziga Braziliya klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra 33 yoshli urugvaylik futbolchiga «Flamengo», «Palmeyras» va «Internasonal» klublari taklif bildirishmoqda.
Aytish kerakki, bundan avvalroq Kavaniga “Napoli”dan ham taklif bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo, agent bu xabarlarni inkor etdi.
Kavanining PSJ bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u yangi klubiga erkin agent sifatida borib qo‘shilishi mumkin.
Fikrlar