Kechagi kunning muhim xabarlari

  • 19 iyun, 2019, 13:59
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha saytimizda o‘zbek va xorij sportiga oid ko‘plab xabarlar chop etildi. Ular orasida saytimiz kuzatuvchilari quyidagilarni ko‘proq mutola qilishdi.

Tecno

Siz kechagi kuning muhim xabarlarini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, unda bu siz uchun ayni muddao.

• Londonning "Arsenal" klubi va Armaniston terma jamoasi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan armanistonlik biznesmen Betti Vardanyanning qiziga uylandi. Bu haqda u o‘zining instagramdagi sahifasida e’lon qildi.

• Bugun Madridning "Real" klubi jamoaning yangi a’zosi Ferlan Mendining taqdimot marosimini o‘tkazadi. Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, mazkur marosim Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi.

• Kecha Braziliyaning "Santos" klubi hujumchisi Rodrigo Silva de Goisni "Real" klubi keng ommaga tanishtirdi. 18 yoshlik futbolchi yangi mavsumdan "Real" sharafini himoya qiladigan bo‘ldi. Uning transfer narxi 45 million evroga baholanmoqda.

• 28-29 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Superliga 13-tur uchrashuvlarining boshlanish vaqti ma’lum. "Sport" telekanali faqat bitta o‘yindan tashqari hammasini jonli efirda namoyish etadi.

• Madridning "Real" klubi hujumchisi Raul De Tomas faoliyatini "Benfika"da davom ettiradigan bo‘ldi. Lissabonliklar 24 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi masalasida “qirollik klubi” bilan kelishuvga erishishgan.

• UEFA Chempionlar ligasining dastlabki saralash raundiga qur’a tashlandi. Bu bosqichdagi o‘yinlar 9, 10 va 16, 17 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

• Hamyurtimiz Vitaliy Denisov yozgi transfer oynasi vaqtida "Rubin"ga ko‘chib o‘tadi. "Biznes Onlayn" nashrining xabariga ko‘ra Denisov Qozonda tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.

• Frantsiyaning "Dijon" klubi "Versal" akademiyasining 12 yoshli futbolchisi Rayyan Messi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. U argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi bilan familiyadosh hisoblanadi.

• Eldor Shomurodov o‘zining bugungi o‘yinlarida Karpinning ta’siri kattaligi, "Rostov" bilan shartnomasini 5 yilga uzaytirgani va boshqalar haqida gapirdi.

• Rustam Akramov endi Ermatov JChga qanday borishi, Hozircha terma jamoamizning real kuchini ko‘rmagani, Kuper jamoani yomon deb ayta olmasligi va Turkiya bilan bahsda saviyamiz ko‘ringani borasida to‘xtaldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!