
Kechagi kunning muhim xabarlari
Kecha saytimizda o‘zbek va xorij sportiga oid ko‘plab xabarlar chop etildi. Ular orasida saytimiz kuzatuvchilari quyidagilarni ko‘proq mutola qilishdi.
Siz kechagi kuning muhim xabarlarini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, unda bu siz uchun ayni muddao.
• Kecha "Navbahor" klubida jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda klub rahbarlari "Paxtakor" jamoasining avvalgi ustozi Deyan Jurjevichni ommaga tanishtirishdi. Tomonlar o‘zaro bir yarim yillik shartnoma imzolashdi.
• Deyan Jurjevich murabbiylik faoliyatini OFK yoshlar jamoasida boshladi. 2007 yilda uni Serbiya yoshlar terma jamoasiga chaqirishdi. 2008 yilning o‘rtalarida "Chukarichki" klubi bosh murabbiyi bo‘ldi. 2009 yilda OFK klubida bosh murabbiy lavozimida ish boshlagan. 2011 yili "Paxtakor" ustoziga aylangandi. 2015 yilning yoz faslida Deyan yana O‘zbekistonga keldi. Bu safar futbolchi yoki murabbiy sifatida emas, balki texnik direktorlikka. Kechadan esa "Navbahor"da ish boshladi.
• Xabaringiz bor, Eldor Shomurodov "Rostov" bilan yaqindagina shartnomasini uzaytirgandi. Eldordan tashqari, klubning yoqimtoy futbolchisiga aylangan Roman Eremenko bilan ham yangi bitim tuzildi. Bundan tashqari klub yozgi transferlar mavsumini qanday o‘tkazmoqda? degan savolga quyidagi link orqali javob olishingiz mumkin.
• "Atletiko" klubi hujumchisi Antuan Grizmann faoliyatini Kataloniyada davom ettiradigan bo‘ldi. Manbalarning ma’lum qilishicha, "Barselona" frantsiyalik futbolchini 120 million evroga xarid qilgan. 1 iyul kuni kataloniyaliklar uni ommaga tanishtirishadi.
• 25 iyun kuni O‘zbekiston kubogi 3-bosqich uchrashuvlari o‘tkazildi. Unda B Pro ligasi musobaqasida oxirgi o‘rinlarda borayotgan "Yashnobod" Samarqandda "Dinamo"ni mag‘lub etdi. "Qizilqum" esa penaltilar seriyasiga ko‘ra Qo‘qonda g‘alaba qozondi.
• Hamyurtimiz havaskor boksda jahon va Osiyo chempioni, umuman olganda ko‘plab sovrinlar soxibi, professional yo‘nalishdagi og‘ir vazn toifasida WBA yo‘nalishi chempioni, o‘z vaqtida "Oq Tayson" nomi bilan mashhur Ruslan Chagaev jurnalistlarga o‘ziga xos intervyu bergan. Qolaversa, Toshkentda joylashgan "Impuls" boks klubida yosh bokschilarga mahorat darslarini o‘tgan edi. Quyida, Chagaev bilan tashkil etilgan suxbatni sizga ilindik.
• AGMK jamoasi hujumchisi Zafar Polvonov bugungi kunda klub sardorlaridan biri hisoblanadi. Shunga yarasha u hujumchilarga xos bo‘lgan fazilatlarini ko‘rsatgan holda o‘zining to‘purarlik qobiliyatlarini ham namoyish etmoqda. 12 ta uchrashuvda 8 gol. Zafar Polvonov gollarni Krishtianu Ronaldu uslubida nishonlashni o‘ziga odat qilgan. Lekin endi u darvozani ishg‘ol etsa, golni bunday nishonlamasligini aytdi.
Fikrlar