
Kelasi yozda "Real"ga ikki buyuk frantsuz keladi
Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoaga qaytishi mumkin.
"El Chiringuito" nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" Zidanni murabbiylik lavozimiga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Manbaning xabariga ko‘ra, "Real Madrid" rahbarlari frantsiyalik mutaxassisning kelishi kelasi yozda PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolanishiga hissa qo‘shishiga ishonishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real”ning amaldagi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2024 yilning iyunida yakuniga etadigan shartnomasini uzaytirmasligi haqida xabar berilgandi. Xabar qilinishicha, 64 yoshli italiyalik Braziliya terma jamoasining yangi boshqaruvchisiga aylanadi.
Fikrlar