
Keskin burilish! "Barselona" "Chelsi"ni dog‘da qoldirdi
"Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini qaysi jamoa safida davom ettirishi oydinlashib bormoqda.
Avvalroq, Fabritsio Romano uning "Chelsi" bilan shartnoma imzolaganligi borasida xabar chiqargandi. Biroq yana bir insayder Jerar Romero Kunde "Barselona" futbolchisiga aylanganini aytmoqda.
Agar yaqin vaqtlar ichida qandaydir o‘zgarish sodir bo‘lmasa, Kunde "ko‘k-anorranglilar" safiga kelib qo‘shiladi.
Qayd etish lozim, "aristokratlar" Andulusiya klubi o‘yinchisi uchun 65 million evrolik rasmiy taklif bilan chiqqan.
Fikrlar