
Kevin de Bryuyne: "Siti" mavsumga tayyor emas edi
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuynening fikricha, “shaharliklar” joriy mavsumni yaxshi boshlashi ham mumkin edi.
“Mavsum avvalida bizda jarohatlar bilan bog‘liq juda ko‘p muammolar bo‘ldi, deb o‘ylayman. Biz ham ruhan, ham jismonan yangi mavsumga tayyor emas edik. Dekabr oyida ba’zi futbolchilar safga qaytdi va bir qator o‘yinlarda g‘alaba qozonib, jadvalda yuqoriladik. Yanvarda 8 ta o‘yinimiz bor va bu o‘yinlarga tayyormiz, deb o‘ylayman”, - dedi belgiyalik futbolchi.
“Manchester Siti” 17 turdan so‘ng APL musobaqa jadvalida 29 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar