
Keylor Navas safdan chiqdi
Evropa Chempionlar Ligasi chorak finalidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv yakunlandi. Unda PSJ hamda "Atalanta" jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Butun o‘yin davomida hisobda oldinda borgan bergamoliklar yakunda g‘alabani qo‘ldan chiqardi.
PSJ darvozaboni Keylor Navas ushbu o‘yinni jarohat olib, erta tark etishga majbur bo‘ldi. Gap shundaki, kosta-rikalik posbon oyoq paylarini cho‘zib oldi va 79-daqiqada Serxio Rikoga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi. Uning jarohati qay darajada jiddiy ekanligi tibbiy tekshiruvdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Endi parijliklar final oldidan "Atletiko" va "Leyptsig" jamoalari g‘olibi bilan o‘ynaydi.
Fikrlar