
Keylor Navas: Zidan ket deb aytsa, ketishga tayyorman
Madridning “Real” klubi darvozaboni Keylor Navas o‘zining jamoadagi kelajagi haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Agar murabbiy menga ketishimni aytsa, men bunga tayyorman. Lekin mening klub bilan amaldagi shartnomam bor va men “Real” bilan bog‘langanman.
Men har doim murabbiyni o‘ynashga loyiq ekanligimga ishontirishga harakat qilaman.
Biz ushbu jamoa ramzini hurmat qilgan holda mavsumning qolgan barcha uchrashuvlarida g‘alaba qozonishimiz shart”, - deydi kosta-rikalik posbon.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Zidan kelasi mavsumda Kurtuani asosiy darvozabon qilmoqchiligi, Navas esa sotib yuborilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar