
Klopp APLdan norozi
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliyada mavsum juda erta boshlanishidan norozilik bildirdi.
"Men Karlo Anchelotti("Napoli" bosh murabbiyi) bilan gaplashdim. Italiya chempionatida, Angliya kabi, 20 ta klub qatnashadi. Ularda mavsum 24 avgustda boshlanadi.
Kalidu Kulibali Mane bilan birga Afrika Kubogida qatnashdi. Kulibalida dam olish uchun 4 hafta bor va u jamoaga erta qaytmaydi. Men chunmayman, mavsumni nima uchun biz bunchalik erta boshlaymiz? APL bu juda katta musobaqa. Ammo, mavsumni bunchalik erta boshlashdan ma’no yo‘q.
Men futbolni sevaman. Men har hafta o‘ynay olamiz deb o‘ylayman, lekin futbolchilarni ham kimdur o‘ylashi kerak. Bu haqida hech kim o‘ylamaydi.
Men doim bu savolni ilgari surib kelaman. Ammo, meni baxona qidirayotganlikda ayblashadi. Bu menga kerak emas, balki futbolchilarga kerak. Lekin Angliyada bu muammoni hech kim o‘ylamaydi.
Klub rahbarlari turnirga borishimzni istaydi. Ammo kim bilan? Mana shunday vaziyat," - dedi Klopp.
Fikrlar