Klopp bu ishni qilib, katta xatoga yo‘l qo‘ydi!

  • 5 sentabr, 2022, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchilari Piter Krauch va Rio Ferdinandning “Liverpul” transfer siyosati borasidagi fikri bir joydan chiqdi.

Tecno

Yurgen Klopp jamoasi yozda senegallik hujumchi Sadio Maneni qo‘yib yubordi. 31 yoshli futbolchi “Bavariya” safiga qo‘shildi. 

“Liverpul” chempionat avvalida hujum chizig‘ida kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayapti va oltita o‘yinda atigi ikkita g‘alaba qozonib, qolgan to‘rtta bag‘sda qimmatli ochkolarni yo‘qotib bo‘ldi.

- Murakkab vaziyatlarda Mane doim eng muhim vazifalarni bajarib, g‘alabani “Liverpul” tomonga burib yuborardi. Hozir ularda bunaqa o‘yinchi yo‘q, - dedi Piter Krauch.

- Mane markaziy hujumchiga juda katta yordam berib, uni qo‘llab-quvvatlab turardi. Hozir aynan mana shu futbolchi etishmayapti, - dedi Rio Ferdinand.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!