
Klopp Morenoga La Ligadan o‘rinbosar topdi
"Betis" klubi himoyachisi Xunior Firpo "Liverpul"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli ispaniyalik futbolchini shaxsan mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Enfild”da ko‘rmoqchi. Gap shundaki, nemis mutaxassisi Firponi jamoadan ketgan Alberto Moreno o‘rniga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
Ta’kidlash kerakki, “Liverpul” Firponing shartnomasida ko‘rsatilgan 50 mln evrolik tovon pulini to‘lab sotib olishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq ushbu futbolchi uchun "Barselona" va "Manchester Yunayted" klublari ham kurash olib borishayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Firpo o‘tgan mavsum 29ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar