Konfederatsiyalar kubogi - 2017. Eng arzon chipta narxi qancha?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Vitaliy Mutko bugun start oladigan Konfederatsiyalar kubogi – 2017 musobaqasiga mahalliy (rossiyalik) muxlislar uchun chiqarilgan chipta narxlari qancha ekanligi haqida aytib o‘tdi.

“Chipta narxlari o‘tgan musobaqaga nisbatan baholanib, FIFA tomonidan belgilanadi. Aytish lozimki, FIFA biz uchun avval hech qachon qilmagan ishni qildi va to‘rtinchi darajali chiptalar sotuvini yo‘lga qo‘ydi. Bu faqat mahalliy muxlislar uchun. Uning narxi 950 rubl (taxminan 16,5 dollar).

Rossiya terma jamoasi ishtirokidagi bahslarga qiziqish o‘ta yuqori va shu sababli ham ushbu o‘yinlarga chiptalar sotuvi juda faol bo‘lmoqda. Qolgan terma jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvlarga bo‘lgan chiptalar sotuvi esa biroz sustroq. Biroq, o‘ylaymanki birinchi to‘p tepilishi bilan musobaqaga bo‘lgan qiziqish keskin ortadi va odamlar uchrashuvlarni tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyuurishadi”, - deydi Mutko.

Eslatib o‘tamiz, bugun Rossiya va Yangi Zellandiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs Konfederatsiyalar kubogini ochib beradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!