Konte "Yuventus"ning ikki futbolchisini "Tottenxem"da ko‘rmoqchi

  • 27.12.2021 15:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Tottenxem" klubi "Yuventus"ning ikki futbolchisini olib kelish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "shporlar" bosh murabbiyi Antonio Konte tarkibni “keksa sinora”ning ikki yarim himoyachisi - Ueston Makkenni va Deyano Kulushevski bilan to‘ldirmoqchi.

O‘z navbatida “Yuve” rahbariyati ushbu ikki futbolchining transferini 70 million evroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli Makkenni joriy mavsum 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ydi. 21 yoshli Kulushevski esa 21 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!