
Krishtianu Ronaldu "Al-Nassr"ga transferi haqida gapirdi
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu "Al-Nassr"ga transferi haqida gapirdi. 37 yoshli forvard riyodliklar bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
"Men o‘zimni yangi Ligada, boshqa mamlakatda sinab ko‘rishni intiqlik bilan kutyapman.
"Al-Nassr"ning qarashlari juda ilhomlantiruvchi. Jamoadoshlarimga qo‘shilib, klubga yanada ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishishda yordam berishim mumkinligidan juda xursandman", - dedi futbolchi.
Fikrlar