
Kubaliklarni faqat Do‘smatov engdi, ruslarda “o‘g‘rilangan” g‘alaba, frantsuzdan sensatsiya va qirg‘iz bokschi janjal ko‘tardi!
Toshkent ringlari mezbonlik qilayotgan kattalar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionatining to‘qqizinchi kungi bellashuvlari ham juda qizg‘in davom etmoqda. Bu gal ham bellashuvlarda kutilmagan natijalar, nokdaun va nokautlar, ziddiyatlari vaziyatlar ro‘y berdi.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik boks muxlislari e’tiboriga jahon chempionatining to‘qqizinchi kunida ro‘y bergan eng esda qolarli vaziyatlar, g‘oliblikka da’vogar bo‘lgan eng kuchli terma jamoalar natijalarini havola etadi.
Bu gal Qozog‘iston terma jamoasining besh nafar bokschisi ringga chiqdi. Mahmud Sobirxon va Dulat Bekbauov o‘z vazn toifasida Hindiston vakillari – Sachin Sivach va Akash Sangvan bilan kuch sinashib, raqiblarini musobaqadan chiqarib yubordi.
Aslanbek Shimbergenov Isroildan kelgan Miroslav Kapuler-Ishchenkoni, Nurbek Oralbay esa, turkiyalik kuchli raqib - Kaan Aykutsunni mag‘lubiyatga uchratdi.
Qo‘shni mamlakat bokschilarijan Nurkanat Rayis braziliyalik Vanderley Pereyra qarshiligini enga olmadi va jahon chempionatidagi yurishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Rossiya terma jamoasi vakillarida Imam Xataevning chiqishi e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Dominikanlik Kristian Pinalesga qarshi jang yakunida hakamlar Imamning qo‘lini ko‘tardi. Lekin ko‘pchilik Pinalesning g‘alaba qozonganini ta’kidlamoqda. Yakkakurash sport turlarini yoritib kelayotgan Rossiyaning “neKARAte” yutub kanali mualliflari bu g‘alabani “Dominikanlik bokschisinidan g‘alabani “o‘g‘rilab” olishdi. Bu ahmoqona tarzda amalga oshirildi. Xataev har bir raundni toza yutqazldi, lekin uning qo‘lini ko‘tarishdi”, deb izohladi.
Rus bokschilaridan Dmitriy Dvali yaponiyalik Syogo Tanakani, Tarxan Idigov ozarbayjonlik Nabi Iskandarovni, Igor Sviridchenkov turkmanistonlik Bayramdurdi Nurmuhammedovni engdi. Pael Sosulin esa frantsiyalik Moreno Fendero sinovidan o‘ta olmadi.
Ruslarda ham qozoqlar singari to‘rtta g‘alaba, bitta mag‘lubiyat.
Jahon chempionatida ilk bor O‘zbekiston va Kuba vakillari o‘zaro to‘qnash keldi. Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov Erislan Romeroni mag‘lubiyatga uchratib, o‘ziningtorzusi bo‘lgan jahon chempionligi sari yana bir dadil qadamni tashladi.
O‘zbekiston to‘qqizinchi kungi bahslarda yuz foizlik natija qayd etgan yagona terma jamoa bo‘ldi. Do‘smatovdan tashqari, Oybek Jo‘raev albaniyalik Ariola Zenelini, A’loxon Abdullaev serbiyalik Almir Memichni mag‘lub etdi.
Xorijlik mutaxassislar tomonidan texnikasi yuqori baholanayotgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev belaruslik Kirill Samodurovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Yana bir vakilimiz – Saidjamshid Ja’farov keyingi bosqichga kurashsiz chiqdi. Uning raqibi – Puerto-Rikodan kelgan Gabriel Lyanos ringga chiqishdan bosh tortdi.
Kubaliklardan Erislan Romero Hasanboy Do‘smatovga imkoniyatni boy berganini yozdik.
Kubaning qolgan vakillari muxlislarni xushnud etdi. Yosvani Veytiya turkiyalik Enver Muzaffardan, ikki karra olimpiya chempioni Ronel Iglesias ekvadorlik Jankarlo Anchiko Minadan, Arlen Lopes vengriyalik Pal Kovachdan, Xorxe Kuelyar ekvadorlik Xose Rodrigesa, Yoenlis Ernandes esa mo‘g‘ulistonlik Otgonjargal Jargaldan ustun keldi.
Toshkent ringlarida yana bir sensatsion natija qayd etildi. Amaldagi jahon chempioni – yaponiyalik Sevon Okadzava frantsiyalik Makan Traorega yutqazib qo‘ydi.
Shuningdek, Qirg‘iziston terma jamoasi bokschisi Omurbek Bekjigitov janjal ko‘targan vaziyatni ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Xorvatiyalik Gabriel Veochichga qarshi bahsda diskvalifikatsiya qilingan Omurbek raqibga qo‘l bo‘rishdan bosh tortdi. Ustiga-ustak hakamlarga nisbatan haqoratli harakatlarni ko‘rsatdi.
Xorvatiya boks ittifoqi Xalqaro boks uyushmasidan qirg‘izistonlik bokschiga nisbatan jiddiy chora ko‘rishni so‘rab, ariza berdi.
Jalolov: Birgalikda chempionlikka erishamiz!
Jalolovni hech kim to‘xtata olmaydi!
Bahodir Jalolov Kunkabaevga qarshi jang oldidan nimalar dedi?
Shohajahon qozoqlardan Meliqo‘ziev o‘chini oldi, ruslar va kubaliklarning “ketmoni” baland uchdi!
Fikrlar