
Kuman: Messi "Barsa"da baxtli
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman "ko‘k-anor ranglilar" hujumchisi Lionel Messining vaziyati bo‘yicha fikrlarini bildirdi.
"Bu haqida ko‘p marotaba aytganman. Leo "Barselona"da baxtli, men buni ko‘rib turibman. Messining ijodkorligi biz uchun juda muhim. Ayniqsa hujumdagi o‘yinimizda bu yaqqol ko‘zga tashlanadi", - deydi Kuman.
Messi kataloniyaliklar safida 644 ta gol kiritib, bir klub safida gol urish bo‘yicha Pelening (643) rekordini ortda qoldirdi. Uning "Barsa "bilan shartnomasi 2021 yil iyunida yakuniga etadi.
Fikrlar