La Liga. "Barselona" kambek amalga oshirib, turni g‘alaba bilan yakunlandi
Ispaniya La Ligasining 6-turidan o‘rin olgan so‘nggi bellashuv ham o‘z nihoyasiga etdi. Xans-Diter Flik boshqaruvidagi "Barselona" safarda "Real Ovedo" bilan kuch sinashib, 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Dastlab, to‘qnashuvning 33-daqiqasida kataloniyaliklar darvozaboni Joan Garsiya o‘z joyini bo‘sh qoldirdi. Bundan esa Reina foydalanib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa "ko‘k-anorranglilar" 3 ta gol bilan javob berdi va g‘alabani ilib ketdi.
56-daqiqada Erik Garsiya hisobni tenglashtirdi. Zaxiradan maydonga tushgan Robert Levandovski esa 70-daqiqada jamoasini oldinga olib chiqdi. Shuningdek, 88-daqiqada Ronald Arauxo Markus Reshfordning burchakdan uzatgan to‘pini boshi bilan zarba yo‘llab, o‘yinga nuqta qo‘ydi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Real Oviedo
- Alberto Reina 33'
26.09.2025 00:30
Barselona
- Eric García 56'
- Robert Lewandowski 70'
- Ronald Araujo 88'

Fikrlar