La Liga prezidenti Superligani qo‘llab-quvvatladi
La Liga prezidenti Xaver Tebas Evropa Superligasidagi ba’zi tafsilotlarni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
“Menejment bilan bog‘liq masalalarda Superligaga qo‘shilaman. Bu haqda men "Real" bilan ham, "Barselona" bilan ham gaplashdim. Qisqasi, qaror qabul qilishda klublar ko‘proq ta’sir o‘tkazishi kerak deb o‘ylayman.
Masalan, televizion huquqlar bilan bog‘liq masalalarni oltita tashkilotdan iborat guruh hal qiladi, ulardan beshtasi klublardir. Buni o‘zgartirish kerak. Albatta, klublar futbolning yuragi hisoblanadi.
Top-klublar bu erda o‘zlarini xo‘jayinmiz, qolganlarga esa sadaqa sifatida pul beramiz, deb o‘ylashadi. Men aynan shuning uchun top-klublarni tanqid qilaman. UEFA ushbu masala bo‘yicha chora ko‘rishi kerak va men bu haqda Cheferinga ham aytdim”, - dedi Tebas.



Fikrlar