Lamin Yamal bir zarba bilan rekord o‘rnatib qo‘ydi

  • 24 mart, 14:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yulduzi Lamin Yamal UEFA Millatlar ligasida Ispaniya terma jamoasi safida xalqaro maydonda navbatdagi prekordini o‘rnatdi.

Nufuzli musobaqaning chorak final javob uchrashuvida ispanlar o‘z maydonida Niderlandiya terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Bellashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqti 3:3 hisobida durang bilan yakunlandi.

G‘olib penaltilar seriyasidan aniqlandi va unda mezbonlarning qo‘li balandi keldi – 5:4.

Ushbu to‘qnashuvning qo‘shimcha vaqtida Lamin Yamal niderlandiyaliklar darvozasini ishg‘ol qilgandi. Bu gol uni UEFA Millatlar ligasi tarixiga olib kirdi.

Lamin ushbu musobaqa tarixida to‘p kiritgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. O‘yin paytida u 17 yoshu 258 kunlik edi.

Avvalgi rekordni uning klubdoshi va hamyurti Gavi o‘rnatgandi. Bu futbolchi Millatlar ligasida ilk golini 17 yoshu 304 kunligida urgan.

Ta’kidlash joiz, yarim finalga yo‘llanma olgan Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi va bu gal ham bosh sovringa asosiy da’vogarlardan bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!