
"Lans" himoyachisi "Atletiko"ga o‘tishi mumkin
"Atletiko" yozgi transferlar oynasida bitta markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirgan.
Insayder Matteo Maretto xabar berishicha, klub "Lans" a’zosi Fakundo Medinani jiddiy kuzatmoqda. Shuningdek, nomzodlar orasida "Nottingem Forest" futbolchi Murillo ham mavjud.
Medina ushbu mavsum lansliklar tarkibida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golda ishtirok etdi. 24 yoshli himoyachi 2020 yilda 3,50 million evro evaziga "Taleres"dan Frantsiya klubiga ko‘chib o‘tgandi.
Fikrlar