
Lautaro Martines "Inter"da qolmoqchi
"Inter" forvardi Lautaro Martines yozgi transfer oynasi vaqtida italyan klubi tarkibini tark etish niyatida emas.
Manchester Evening News nashri xabariga ko‘ra, 22 yoshli argentinalik futbolchi jamoa ustozi Antonio Konte qo‘l ostida to‘p surishda davom etmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi uchun "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Barselona" klublari da’vogarlik qilmoqda.
Joriy mavsumda Martines A Seriyada 20 ta o‘yinda ishtirok etib 11 ta gol va 4 ta gollik uzatma berishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar