Leau bo‘yicha Saudiya klubidan taklif tushmoqda

  • 19 iyun, 14:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi “Milan”ning portugaliyalik vingeri Rafael Leauga qiziqish bildirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, klub futbolchini yozdagi asosiy transfer maqsadlaridan biri deb hisoblaydi.

Tecno

Saudiya klubi Italiya jamoasi bilan allaqachon aloqaga chiqqan va 26 yoshli futbolchi 130 million evroga baholanganligidan xabardor. Garchi “Milan” Leau bilan xayrlashishni rejalashtirmayotgan bo‘lsa-da, klub foydali takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin.  Jamaoaning vinger bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha imzolangan.

Malumot uchun, Rafael bu mavsumda “rossoneriliklar" safida 50 ta o‘yinga maydonga tushib, 12 ta gol kiritgan va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!