Legionerimiz to‘liq o‘ynagan bahsda "Nijniy Novgorod" mag‘lub bo‘ldi
RPL 13-turidan o‘rin olgan "Nijniy Novgorod" - "Lokomotiv" uchrashuvi yakuniga etdi. Ushbu to‘qnashuvda mehmonlar so‘nggi daqiqalarda gol urib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 31-daqiqada Ilya Berkovskiy hisobni ochdi. Biroz o‘tib, Rifat Jemaletdinov muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Miladinovich o‘z darvozasini ishg‘ol etib, "temiryo‘lchilar"ga g‘alaba taqdim etdi.



Fikrlar