Legionerlarimiz hafta davomida. 2 qism
O‘z odatimizga ko‘ra, haftaning ilk kuni horij klublarida to‘p surib kelayotgan futbolchilarimizning hafta davomidagi o‘yinlari bilan sizlarni tanishtirib o‘tamiz.
>>Yarim finalchilar ilgari o‘zaro qanday o‘ynashgan?
>>APL braziliyaliklar uchun emasmi?
>>Ham “Chelsi”, ham “MYu”da o‘ynagan futbolchilar
Malayziya
“Terengganu” jamoasida faoliyat olib borayotgan Lutfulla To‘raev jamoasi bilan Malayziya FA kubogi yarim finaliga chiqdi. “Saravak” klubiga qarshi Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Dastlabki o‘yinda ham xuddi shunday hisob qayd etilgani bois, o‘yin taqdiri penaltilar seriyasida xal etilishiga to‘g‘ri keldi. Futbol lotoreyasida esa To‘raev jamoasi g‘alaba qozondi – 4:1. Hamyurtimiz o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshladi.

Janubiy Koreya
Dam olish kunlari Janubiy Koreyada nufuzi jihatdan ikkinchi o‘rinda turadigan K liga Chellenj ligasida 8 tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Bahodir Pardaev to‘p suradigan “Bucheon” jamoasi safarda “Anyang”ga qarshi bahs olib bordi. Mazkur bahsda 3:1 hisobida mezbonlar g‘alaba qozondi. Pardaev esa 66-daqiqada zahiradan maydonga tushdi. Bu vaqtda mezbonlar 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi. 68-daqiqada “Anyang” uchinchi golni kiritgan bo‘lsa, Pardaev 88-daqiqada hisobni yirik ko‘rinish olishidan jamoasini saqlab qoldi. Qayd etib o‘tish joiz, bu Pardaevning koreys o‘lkasidagi ilk goli edi.
>>Ham “Nasaf” ham “Lokomotiv”da to‘p surgan futbolchilar(Top-6)
Bu turda Bahodir Nasimov faoliyat olib boradigan “Ansan Grinnerz” klubi safarda “Kyonnam”ga qarshi bahs olib bordi. Mazkur bahsda Nasimov jamoasi 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Hamyurtimiz o‘yinni boshlang‘iya tarkibda boshlab, 76-daqiqada zahiraga olindi. Mazkur mag‘lubiyatdan so‘ng “Ansan Grinnerz” 7 ochkosi bilan qoldi va turnir jadvalida 10 jamoa orasida 7-o‘rinda bormoqda.
>>Ronaldu – afsona! Qarshimisiz? Isbotlaymiz!
Eron
Eron Pro ligasida 28-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Tur doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparov faoliyat olib boradigan “Sepaxon” jamoasi “Sabo Bateri” klubi mehmoni bo‘ldi. Mazkur bahsda mehmonlar penaltidan kiritilgan yagona gol evaziga safardan g‘alaba bilan qaytishdi. Hamyurtimiz odatdagidek, o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshladi. Mazkur g‘alabadan so‘ng jamoa “Zob-Axan” bilan bir xil ochko to‘plagan xolda 5-o‘rinda bormoqda.
Xitoy
Dam olish kunlari Xitoy Super ligasida 6 tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Axmedov faoliyat olib borayotgan “Shanxay SIPG” bu bu turda Esekel Lavessi to‘p suradigan va Manuel Pellegrini murabbiylik qiladigan “Xebey Chayna Forchun” jamoasini qabul qildi. Mazkur bahs mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi. Hamyurtimiz uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana bir a’zosi – Egor Krimets faoliyat olib boradigan “Beyjing Guoan” esa bu turda “Tyantszin Suntszyan”ga qarshi bahs olib bordi. Bu turda ham Krimets uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilmadi va jamoa o‘z maydonida 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Qayd etish joiz, poytaxtliklar ustozi Xose Gonsales hamyurtimizni bu mavsum birorta ham o‘yinda hatto qaydnomaga ham kiritmay kelmoqda.
Anzur Ismoilov faoliyat olib borayotgan “Changchun Yatay” klubi bu turda o‘z maydonida “Xenan Jiane” klubini qabul qildi. Hamyurtimiz o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshlagan mazkur bahsda mezbolar minimal hisobda g‘alaba qozonishdi va “Changchun Yatay” mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Biz uchun e’tiborli jihati shundaki, Ismoilov 4 martdan buyon xatto qaydnomaga ham kiritilmay kelayotgan edi va u bugun mavsumdagi o‘zining ikkinchi o‘yinini o‘tkazdi va sariq kartochka “ishlab oldi”.
Qozog‘iston
Qozog‘iston Premer ligasida 8-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix faoliyat olib borayotgan “Ordabasi” klubi o‘z maydonida “Tobol”ga qarshi bahs olib bordi. O‘yinda hisobni garchi mezbonlar ochgan bo‘lsada, ikkinchi bo‘limda “Tobol” ikkita to‘p kiritishning uddasidan chiqdi va safarda 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz 64-daqiqada zahiradan maydonga tushdi. Bu vaqtda esa mehmonlar hisobda oldinga chiqib olishga ulgurgan edi.
Qatar
Qatar Kubogi yarim finalida O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidov to‘p surayotgan “Al-Jaish” jamoasi safarda mamlakat chempioni – “Lahviya” bilan o‘zaro bahs olib bordi. “Al-Sadd”ga tegishli “Jassim Bin Hamad” stadionida kechgan gollarga boy o‘yinda “Al-Jaish” 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin yakunida o‘zbekistonlik futbolchining goli jamoasiga muhim g‘alaba va final yo‘llanmasini taqdim qildi. Mazkur uchrashuvda o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Sardor Rashidov pul mukofoti bilan taqdirlandi. Qayd etish kerakki, “Al-Jaish” Qatar Kubogi mukofotining amaldagi sohibi sanaladi.

Yaponiya
Yaponiya J ligasida 8-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tqdi. Hamyurtimiz Fozil Musaev faoliyat olib boradigan “Jubilo Ivata” bu turda Yasuxito Endo to‘p suradigan “Kashima Antlers” klubi mehmoni bo‘ldi. Hamyurtimiz uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilmagan mazkur bahsda “Jubilo Ivata” yirik hisobda g‘alaba qozondi – 3:0.
Rossiya
Rossiya Premer ligasida 24-tur o‘yinlari davom ettirildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov faoliyat olib boradigan “Lokomotiv” o‘z maydonida “Amkar” klubini qabul qildi. Gollarga boy o‘tgan bahsda “temiryo‘lchilar” 88-daqiqada o‘tkazib yuborilgan gol tufayli tayyor g‘albani boy berishdi. Hamyurtimiz uchrashuvni doimgidek to‘liq o‘tkazdi.
Vadim Afonin to‘p tepadigan “Orenburg” klubi esa bu tur safarda “Tom”(2:1) jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Qizg‘in va murosasiz tarzda kechgan bellashuvda “Orenburg” safarda bo‘lishiga qaramay, ortga 3 ochko bilan qaytadigan bo‘ldi. Vadim Afonin esa bugun qaydnomaga ham kiritilgani yo‘q.
Turnir jadvalida “Lokomotiv” 35 ochko bilan 16 jamoa orasida 6-o‘rinda bo‘lsa, “Orenburg” kechagi g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolarini 22 taga etkazgan xolda 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Rossiya Birinchi divizionida esa 33-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Vagiz Galiulin to‘p tepadigan “Tosno” bu tur “Luch-Energiya” jamoasi maydoniga safar uyushtirdi. Hamyurtimiz to‘liq o‘ynagan mazkur bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.

Bobur Davlatovning “Nefteximik”i esa maydonida “Spartak-2”ni qabul qildi va raqibga imkoniyatni boy berdi – 0:1. Davlatov qaydnomaga ham kiritilmadi.
“Tosno” kechagi durangdan so‘ng 65 ochko to‘plagan xolda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Hisobida 26 ochko bo‘lgan “Nefteximik” esa so‘nggi – 20-o‘rinda bormoqda.
Serbiya
Husniddin G‘ofurovning “Yavor”i kecha Serbiya Super ligasi pley-off bosqichining navbatdagi turida o‘z maydonida “Mladost”ni qabul qildi. G‘ofurov qaydnomaga kiritilmagan o‘yinda mezbonlar raqibga imkoiniyatni boy berdi – 0:1.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
 - “O‘zbekiston – Bahrayn o‘yinini eslab” yoxud Angliyada ham shunday xato bo‘ldi!
 - EChLda “Bavariya”ga eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar
 
Shahzod Xolboev tayyorladi



Fikrlar