
Legionerlarimiz. Shukurovning jamoasi peshqadamlikni davom ettirmoqda
Hamyurtimiz Otabek Shukurov faoliyat olib boradigan "Sharja" klubi bu tur safarda "Dibba Al-Fujayra"ga qarshi bahs olib bordi. Gollarga boy tarzda kechgan bellashuvda mehmonlar 3:2 hisobida zafar quchishdi.
Shukurov odatdagidek uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. Bugungi muvaffaqiyatdan so‘ng "Sharja" hisobidagi ochkolar soni 24 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettiradigan bo‘ldi.
BAA Pro-ligasi. 10-tur
"Dibba Al-Fujayra" - "Sharja" 2:3.
Fikrlar