Levandovski: “Barsa” transferni eplolmasa, o‘zdan ko‘rsin!

  • 13 iyul, 2022, 09:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati Robert Levandovskini so‘rab, “Bavariya”ga bir necha taklif berdi. Biroq myunxenliklar ulardan birortasini qabul qilgani yo‘q.

Tecno

Polshalik hujumchining o‘zi Bundesligadan tezroq ketmoqchi. Agar kataloniyaliklar bu transferni uddalay olmasa, Levandovski “Chelsi” taklifini qabul qilishini bildirdi.

“Barselona”da yuzaga kelgan moliyaviy muammolar Levandovski transferiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Buni inobatga olgan “Chelsi” xo‘jayinlari superto‘purar uchun kurashga qo‘shilishga tayyor turibdi.

Tomas Tuxel polshalik forvard jamoada o‘ynay olmay, “Inter”ga qaytib ketgan Romelu Lukakuning o‘rnini bosishiga ishonmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!