Levandovski Immobilega etib oldi va ...
"Bavariya" klubi forvardi Robert Levandovski kecha Bundesliganing 27-turidan o‘rin olgan "Ayntraxt"ga (5:2) qarshi bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Gracenote Sports tarqatgan xabarga ko‘ra, bu polshalik futbolchi uchun joriy mavsum Germaniya chempionatida kiritgan 27-gol bo‘ldi va u shu tariqa “Latsio” forvardi Chiro Immobilega etib oldi. Hozirda Levandovski va Immobile Evropaning top-5 chempionatlari to‘purarlar jadvalida birinchi o‘rinni bo‘lishib turishibdi.
Levandovski joriy mavsum “Bavariya” safida jami 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 41 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar