Levandovski Ronalduning ishini takrorladi, lekin Messi...
“Bavariya” Bundesliganing 17-turida o‘z maydonida “Volfsburg”ni 4:0 hisobida taslim qildi. Gollardan biriga mualliflik qilgan Robert Levandovski to‘purarlik borasida e’tiborga molik natijani qayd etdi.
Polshalik hujumchi uchrashuvdagi aniq zarbasi evaziga 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab barcha turnirlarda urgan gollari sonini 69 taga etkazib oldi. Shu tariqa, Robert Krishtianu Ronalduning 2013 yildagi natijasini takrorladi.
Levandovski bu yil o‘z natijasini yaxshilay olmaydi. “Bavariya” navbatdagi uchrashuvni kelasi yilning 7 yanvarida o‘tkazadi.
Bir yil davomida ko‘p gol urish bo‘yicha rekord hamon Lionel Messiga tegishli. Argentinalik yulduz 2012 yilda barcha turnirlarda 92 ta to‘p kiritishni uddalagan.

Fikrlar