Levandovskiga kutilmagan xaridor chiqdi

  • 17 may, 2022, 14:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
CHERY AUTO

“Bavariya”dan ketishni rejalashtirayotgan Robert Levandovski yozda Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin, deb xabar tarqatdi Goal.com sayti.

Tecno

“Aristokratlar” polshalik hujumchi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda va uni qo‘lga kiritish uchun “Barselona” bilan raqbatlashishga tayyor. Aytish joizki, kataloniyaliklar anchadan beri Bundesliga to‘purarini o‘ziga chorlab kelyapti.

Levandovski Myunxen klubi unga o‘zi kutgan shartnomani taklif qilmaganidan norozi. Bundan tashqari, Robert “Bavariya”da qolsa, o‘zi orzu qilayotgan “Oltin to‘p”ni yuta olmasligiga amin bo‘ldi.

2014 yildan beri “Bavariya”da to‘p tepayotgan forvardning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!