Levandovskini "Barselona"dan olib qo‘yadigan klub topildi

  • 12 iyul, 2022, 16:39
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon futbolidagi eng kuchli hujumchilardan biri Robert Levandovski faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi so‘roq ostida turibdi.

Tecno

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, polshalik to‘purarni sotib olish niyati "Chelsi"da ham paydo bo‘lgan. Tarkibni yangilayotgan "aristokratlar" Levandovski ular talab qilayotgan o‘yinni ko‘rsata olishiga ishonmoqda. Shuningdek, ular yaqindagina Londonni tark etgan Romelu Lukakuning o‘rnini tezroq bosmoqchi.

Ammo Robertning o‘zi "Barselona"ga o‘tmoqchi. U "Oltin to‘p" uchun asosiy raqibi Karim Benzema bilan bir chempionatda harakat qilmoqchi. Agar "ko‘k-anorranglilar" bu transferni hal qila olmasa, Levandovskida "Chelsi"dan boshqa yaxshiroq variant qolmaydi. U "Bavariya" safida ortiq o‘ynamoqchi emas.

33 yoshli forvard joriy mavsum "qizillar" libosida 46 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 50 gol va 7 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!