Liga-1. Ikardining goli PSJga g‘alaba keltirdi

  • 9 noyabr, 2019, 23:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Amaldagi chempion - PSJ bu tur safarda "Brest"ga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi. 39-daqiqada Anxel Di Mariya hisobni ochgan bo‘lsa, 72-daqiqada Samuel Grandsir muvozanatni tikladi.

Tecno

Uchrashuv asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qolganida esa Mauro Ikardi gol kiritib, parijliklarga g‘alaba keltirdi. Bugungi muvaffaqiyat natijasida Tomas Tuxel shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 30 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamligini mustahkamlab oldi.

"Brest" esa 17 ochko bilan 9-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!