Lionel, Lionela va boshqalar - Argentinada eng ko‘p qo‘yilayotgan ismlar ro‘yxati

  • 7 yanvar, 2023, 18:24
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dekabr oyida Argentinada har 70-tug‘ilgan chaqaloqqa milliy terma jamoa sardori Lionel Messi ismi berilyapti. 

Santa-Fe provintsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning so‘nggi olti oyida chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar Lionel hamda Lionela bo‘lgan. 

Shuningdek, mashhurlik bo‘yicha etakchi pog‘onalarda Xulian hamda Emiliano ismlari ham bor. 

Dekabr oyida Argentina terma jamoasi mundialda g‘olib chiqdi. Jamoaning eng yaxshi futbolchilari orasida Messidan tashqari hujumchi Xulian Alvares hamda darvozabon Emiliano Martines ham qayd etilgandi. 


Tecno
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!