"Liverpul" - "Atletiko" uchrashuvi oldidan Davron Fayziev: Jang bo‘ladi, gladiatorlar jangi, faqat bir jamoa jon saqlab qoladi

  • 11 mart, 2020, 16:46
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Evropa Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi javob bahsidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Atletiko" uchrashuvi o‘tkaziladi. Mazkur bellashuv oldidan taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi o‘zining sahifasida quyidagi fikrlarni yozib qoldirdi:

- Futbol tarixida ko‘plab katta kambeklar qayd etilgan. Deylik agar Chempionlar ligasida eng yorqin kambeklar beshligi tuzib chiqiladigan bo‘lsa, ikkita pozitsiyani egallaydigan yagona klub "Liverpul" bo‘ladi.

3311572016336

Biri "Milan" bilan final o‘yini. Ikkinchisi "Barselona"ga qarshi uydagi 4:0 hisobi.

Demak, "Liverpul"da qiyin vaziyatda, devorga taqalganda, yiqilish arafasida turganda kuch va irodani ishlatib yuborish hususiyati bor. Ya’ni, hayot uchun kurash instinkti. Ekstremal, hayot uchun havfli vaziyatlarda inson o‘zining yashirin va avval sezilmagan qirralarini ishga soladi.

Aytishingiz mumkin, 1:0 juda unchalik ekstremal vaziyat emas deb. Hisobga qarasak, ha shunday. Ammo raqibga kelsak... "Atletiko" bu zamonaviy Krak de Shevale qal’asi, ya’ni zabt etish qiyin bo‘lgan qo‘rg‘on. Ayniqsa hisobni ushlab qolish uchun o‘ynaganda. Diego Simeone bitta to‘plik farqni saqlash masalasida dunyoning eng kuchli mutaxassislaridan biri. Himoyalanish masalasida kuchli taktik va strateg. Eshitishimizcha, unga Pentagondan ham takliflar bo‘lgan. Hazil, albatta. Ammo uddalardi.

PH3EPVPXUVCRTICSQ6JZ7VZBTY

Simeone uchun 1:0 hisobidagi ustunlik ideal muhit. Bu vaziyatda o‘yinni quritib, tempni buzib, raqibni keskinlik bilan kutib olib, jarima atrofini tekislab tashlaydi. "Liverpul" uchun o‘z uyi, ya’ni "Enfild" maydoni begonaga aylanishi mumkin.

Bugun favorit yo‘q.

Bugun super to‘qnashuv bor!

Bugungi o‘yin ertaga tarixga aylanadi, jonli tarzda ko‘ring.

Ochig‘ini aytganda, Yurgen Klopp va Diego Simeone o‘z yigitlariga maydonga tushish oldidan qanday emotsional nutq so‘zlashini tasavvur qilsam etim jimirlab, qiziqishim ko‘p karra oshmoqda. Bu o‘yindan chiroyli, engil, kombinatsion futbol spektakli kutmang. Jang bo‘ladi, gladiatorlar jangi, faqat bir jamoa jon saqlab qoladi, - dedi Davron Fayziev.

liverpool-atletico-need-to-know-featured-940x530

Eslatib o‘tamiz, jamoalarning Mardirddagi to‘qnashuvida 1:0 hisobida mezbonlar g‘alaba qozongandi. Bugungi o‘yin Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Atletiko Madrid
11/03/2020 16:58
Asalomalekum oka atletiko ham padarkamas hujum qilishniham biladi kambek deysizmi siz faqat liverpul kambek larini gapirdiz amo atletikoni barsaga qarshi kambeki esizdan chiqdimi oka. men atletiko muhlisiman