
"Liverpul" 20-30 nafar futbolchi bilan bog‘langan
Jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Liverpul" yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish masalasini hal qilmoqchi.
"O‘ylaymanki, "Liverpul" yarim himoya uchun futbolchi qidirmoqda. Hozirgacha ular 20 yoki 30 nafar ushbu pozitsiyada harakat qiladigan futbolchilar bilan bog‘lanadi", — dedi Romano.
Avvalroq, mersisaydliklar Dortmundning "Borussiya" klubining 19 yoshli yarim himoyachisi Jud Bellingemga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. Qolaversa, "Liverpul" ham "RB Leyptsig" yarim himoyachisi Konrad Laymer o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi borasida mish-mishlar tarqalgan edi.
Premer liganing joriy mavsumining dastlabki olti turidan so‘ng, "qizillar" to‘qqiz ochko to‘plagan holda turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar