
“Liverpul”: “Barsa” yulduzini olib kelmasang, ispanlarni yuta olmas ekanmiz!
Chempionlar ligasi finalida “Real”ga yutqazib, bosh sovrindan quruq qolgan “Liverpul” yozda jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi.
Bosh murabbiy Yurgen Klopp buni “Barselona” bilan xayrlashishga yaqin turgan Usmon Dembele hisobiga amalga oshirishni maqsad qilgan.
Ispaniyaning Sport nashri xabar berishicha, liverpulliklar ayni paytda frantsiyalik hujumchining Angliyaga kelish istagi bor yoki yo‘q ekanini aniqlashga intilyapti. Agar Dembele premer-ligada o‘ynashga tayyorligi aytsa, transfer taklifi yuboriladi.
“Barselona” primerada “Real”ni 4:0 hisobida mag‘lub etgan uchrashuvda Usmon Dembele uchta gooda bevosita ishtirok etdi.
Dembelega PSJ va “Chelsi”dan ham jiddiy chorlovlar bo‘lyapti.
Fikrlar