"Liverpul" futbolchisining jamoadan ketishi kundan-kunga oydinlashmoqda

  • 9 iyun, 14:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yarim himoyachisi Xarvi Elliot joriy yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda "Daily Mail" nashri uning so‘zlariga tayanib xabar berdi: "Menga faqat qaror qabul qilish va bu nimalarga olib kelishini ko‘rish qoldi" — degan 22 yoshli futbolchi.

Tecno

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida "Liverpul" Elliotni "Bayer" futbolchisi Florian Virts transferiga qo‘shib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shu sababli futbolchi ham jamoani tark etish haqida ko‘proq o‘ylayotgani ma’lum bo‘ldi.

Elliotning amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 30 million evroni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xarvi yakunlangan mavsumda "qizillar" safida 28 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!