"Liverpul" himoyachisi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
"Liverpul" klubi himoyachisi Alberto Moreno faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
The Independent nashrining xabar berishicha 26 yoshli ispaniyalik futbolchining xizmatlariga "Latsio"dan qiziqishlar paydo bo‘lmoqda. Ta’kidlash kerakki Morenoning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va shu bois u yangi jamoasiga erkin agent sifatida borib qo‘shilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Alberto Moreno “Liverpul” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum jami 8ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.

Fikrlar