
“Liverpul” Kloppni haydaydi...
“Tottenxem”ning sobiq bosh murabbiyi Tim Shervud mavsum oxiriga borib Yurgen Klopp “Liverpul”dan haydalishi mumkinligini ta’kidladi.
Agar “qizillar” kuchli to‘rtlikdan o‘rin ololmasa va Chempionlar ligasi yo‘llanmasini boy bersa, klub xo‘jayinlari germaniyalik mutaxassisga chiqish eshigini ochib beradi.
“Liverpul” mavsumni o‘ta muvaffaqiyatsiz boshladi va preier-ligadagi dastlabki 12 ta uchrashuvdan atigi uchtasida g‘alaba qozondi.
Klopp har doim asosiy maqsadi va vazifasi Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish bo‘lganini ta’kidlab keladi. Shervud esa bu missiya bajarilmagan taqdirda Kloppning o‘z o‘rnida qolishiga ishonmayapti.
“Agar jamoa kuchli to‘rtlikka kira olmasa, Kloppda hammasini qaytadan boshlash uchun ishtiyoq qolmaydi va u ketadi”, - dedi Tim Shervud.
Fikrlar