
"Liverpul" klubi sobiq himoyachisi faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin
Slovakiyalik mashhur himoyachi Martin Shkrtel faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Italiyalik jurnalist Janluka di Martsioning xabar berishicha 34 yoshli futbolchi ayni damda "Atalanta" klubi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Aytish kerakki, ushbu jamoa o‘tgan mavsum A Seriyada 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Shu bois ular joriy mavsum o‘z tarixlarida ilk bor Chempionlar ligasida ishtirok etishadi.
Eslatib o‘tamiz, Shkrtelning so‘nggi jamoasi “Fenerbaxche” klubi bo‘lgan edi. Uning turk klubi bilan shartnomasi yakunlandi va hozirda erkin agent hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Martin Shkrtel faoliyati davomida shuningdek “Zenit” hamda “Liverpul” kabi klublarda to‘p surgan.
Fikrlar